Jahon | 00:47 / 11.04.2017
12881
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda nasroniylarga uyushtirilgan eng shov-shuvli hujumlar

Misrda oxirgi 7 yil ichida terrorchi va radikallar tomonidan pravoslav cherkovlariga 33 ta hujum sodir etilgan.  

2017 yil 9 aprelda Iskandariya va Tantadagi kopt cherkovlariga uyushtirilgan oxirgi teraktlar Misrda nasroniylarga hujumlar mavzusini yana ko‘tardi.

Quyida Misrda nasroniylarga uyushtirilgan eng shov-shuvli hujumlar statistikasi keltirilgan.

2010 yil 7 yanvar

Misr janubidagi Kena viloyatida joylashgan Nag-Hammadi tumanida terrorchilar guruhi cherkovga qatnovchilarni o‘qqa tutishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. 

2011 yil 1 yanvar

Iskandariyada Barcha Avliyolar kopt cherkovidagi portlash 24 odamning umriga zomin bo‘lgan, 79 odam jarohatlangan.

2013 yil 7 aprel

Qohiraning Abbosiya tumanidagi Avliyo Mark cherkovida dinlararo qarama-qarshilik negizida musulmonlar va cherkovga qatnovchi nasroniylar orasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan. To‘qnashuvlar oqibatida 7 kishi, jumladan bir musulmon halok bo‘lgan.

2013 yil 14 avgust

Misrdagi davlat to‘ntaruvi vaqtida xavfsizlik kuchlari ag‘darilgan prezident Muhammad Mursiy tarafdorlarining Qoxiradagi Robia al Adaviya va an Naxda maydonlaridagi norozilik aksiyalari ishtirokchilarini haydashi vaqtida 26 tadan ko‘proq cherkovga shikast yetgan. 

2013 yil 20 oktabr

Gizadagi Al-Varrak tumanida joylashgan Avliyo Mariya cherkovida o‘tayotgan to‘y marosimi vaqtida ekstremistlar sodir etgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 18 nafar kishi jarohatlangan.

2016 yil 11 dekabr

Qohirada Avliyo Pyotr kopt cherkovi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab odam jarohat olgan.

2017 yil 9 aprelda Misrning Tanta shahridagi Avliyo Georgiy cherkovida sodir etilgan birinchi terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 78 kishi jarohat olgan.

Iskandariya viloyatidagi Avliyo Mark cherkovida sodir etilgan ikkinchi teraktda 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 41 kishi yaralangan.

Mavzuga oid