OnePlus kompaniyasi Galaxy S8'ning 500 dollarlik "qotili"ni ishlab chiqarmoqda
Xitoyning OnePlus kompaniyasi 500 dollar evaziga Samsung Galaxy S8'ning "qotili"ni ishlab chiqarmoqda. OnePlus 5 smartfoni ramkasiz ekran, Snapdragon 835 protsessori, 8 Gb operativ xotirasi, ikkilamchi kameraga ega bo‘ladi. Uning narxi 500 dollardan qimmat bo‘lmasligi kutilmoqda. Bu haqida Phonearena'da ma'lum qilindi.
Nashr OnePlus 5'ning Samsung flagmani bilan bellashish imkonini beruvchi kamida besh asosiy xususiyatini sanab o‘tdi.
Dizayn va tarkib
OnePlus 5 smartfoni Samsung Galaxy S8 flagmani kabi ramkasiz dizayn va Home tugmasining yo‘qligidan tashqari, 1440X2660 pikselli 5,5 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Barmoq izlari skaneri, xitoylik ishlab chiqaruvchilarga xos bo‘lganidek, qurilmaning orqa panelida joylashadi.
Operativ xotira hajmi
OnePlus 5 operativ xotiraning fantastik hajmi - 8 Gb'ga ega bo‘ladi, bu koreyalik raqibiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p degani.
Kamera
Kameraning texnik xususiyatlari Samsung'ni ham ortda qoldiradi: asosiy ikkilamchi kamera 23 megapikselga ega bo‘ladi, frontal kamera esa - 16 megapikselga. Shunday bo‘lsa-da, Phonearena Galaxy S8 flagmanida olingan suratlar sifati yuqoriroq bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Akkumulyator
OnePlus 5 akkumulyatori sig‘imi, turli ma'lumotlarga ko‘ra, yo 3500 mAs, yoki 4000 mAs. Bu smartfonning qulay avtonom faoliyatini ta'minlash uchun yetarli.
Narxi
Galaxy S8 va S8'dan farqli o‘laroq, OnePlus 5 smartfonini qo‘lga kiritish 500 dollardan qimmatga tushmasligi ta'kidlanmoqda.
Umuman olganda, Koreya giganti bilan raqobatlashish uchun yaxshi texnik xususiyatlarning o‘zigina yetarli emas. OnePlus 5 Yevropa va Amerika uyali aloqalari tarmoqlarida beqaror ishlashi mumkin, buning ustiga texnik qo‘llab-quvvatlanishda ham muammolar yuzaga kelish ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
14:36 / 21.12.2017
O‘zbekistonliklar yil oxirida eng ko‘p qidirgan smartfonlar ma'lum
16:40 / 22.09.2017
Yevropada pushti rangli Samsung Galaxy S8 paydo bo‘ldi
22:54 / 15.09.2017
Dunyodagi eng tezkor smartfon: yetakchi hamon o‘zgarmadi
20:45 / 19.08.2017