Yevropa bozorlarida puşti rangli Samsung Galaxy S8 paydo böldi. Janubiy Koreyaning noyob rangdagi devaysini 600 dollarga xarid qiliş mumkin böladi. 

Puşti rangli Samsung Galaxy S8 dastlab Tayvan bozorlarida, keyin esa Şimoliy Amerikada sotuvga çiqqandi, endi esa navbat - Yevropaga. 

Bugungi kunda bu flagmanni oldindan buyurtma beribgina qölga kiritiş mumkin böladi, lekin iste'molçilarning uni qaçon qölga olişi hozirça noma'lum.

Puşti rangdagi yangi mahsulotning texnik parametrlari boşqa rangdagi muqobillaridan farq qilmaydi. Samsung Galaxy S8 smartfonining öziga xos jihati 5,8 dyuymli, 2600x1440 ölçamli Super AMOLED ekranlaridadir. 

Mobil qurilma Samsung Exynos 8895 yoki Qualcomm Snapdragon 835 çipida işlaydi. Puşti rangli devays şuningdek suv va çangdan himoyalovçi korpus bilan ta'minlangan.