Word dasturining barcha versiyalarida zaif joy topildi
FireEye kompaniyasining axborot xavfsizligi mutaxassislari Microsoft Word dasturining barcha versiyalarida "nol kuni" xatosi borligini aniqlashgan. Ushbu muammo zararli dasturlarni jabrdiyda kompyuteriga o‘rnatishga imkon beradi.
G‘araz niyatli odamlar hujumni amalga oshirishlari uchun foydalanuvchiga elektron pochta orqali zararlangan RTF-hujjatni yuborishlari yetarlidir. Hujjat ochilganda Visual Basic skripti bajariladi va xakerlarga zararli dasturni yuklashga va jabrdiyda kompyuterining ustidan nazoratni olishga ijozat beradi.
Bu xatolik barcha himoya choralarini chetlab o‘ta olishga imkon beradi. Boshqa shunga o‘xshash hujumlardan farqli o‘laroq, bu yerda makrosni ishga tushirish talab qilinmaydi. Bu dastur Windows operatsion tizimining barcha versiyalarida, jumladan Windows 10’da ham ishlaydi.
Microsoft bu muammo borligidan xabardor qilingan va xatolikni tuzatuvchi maxsus dasturni 11 apreldayoq chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
17:36 / 16.11.2024
Windows uchun ChatGPT ilovasidan endi barcha foydalanishi mumkin
12:47 / 24.07.2024
“Bizda litsenziyali dastur ishlatadiganlar kam” - Windows'dagi uzilish nega O‘zbekistonni chetlab o‘tdi?
11:48 / 22.07.2024
Microsoft: Windows ishdan chiqishi 8,5 mln qurilmaga ta’sir qildi
09:31 / 22.07.2024