Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2026 mezbonligi uchun uch mamlakat qo‘shma ariza topshirgani tasdiqlandi
JCh-2026 mezbonligi uchun AQSh, Kanada va Meksika qo‘shma ariza topshirganini rasman e'lon qildi. Bu haqda Kanada futbol ittifoqining rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari Konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti Viktor Montalyani AQSh, Kanada va Meksika 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan JChni birgalikda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Kengashi 2026 yildan boshlab JChda ishtirok etuvchi terma jamoalar soni 32tadan 48taga oshirilishiga ruxsat bergandi. JCh-2026 mezboni 2020 yilning mayida aniqlanadi.
Ma'lumot uchun, so‘nggi marta Shimoliy Amerika hududida JCh 1994 yilda, AQShda o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 26.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi ilk mundialda qatnashish uchun AQShga jo‘nab ketdi
18:46 / 22.05.2026
Angliya JCh-2026 uchun «hayratlanarli» tarkibni e’lon qildi
18:37 / 22.05.2026
«Biz bu kunlarni 34 yil kutdik» – prezident milliy jamoa a’zolari bilan uchrashuvda
23:06 / 21.05.2026