Angliya milliy jamoasi jahon çempionati 1/4 finalida katta qiyinçilik bilan bölsa-da, Norvegiya tösiğidan öta oldi. Şu bilan birga, Tomas Tuxel jamoasi öyinning asosiy vaqtida urgan yagona gol bahslarga sabab bölmoqda.
Birinçi bölim oxirida norveglar darvozaboni Eryan Nyuland töpni darvozadan öyinga kiritdi. Fox Spors kanalida berilgan takroriy kadrga köra, havoda töp yöl-yölakay «örgimçak kamera» (Spidercam) kabeliga tegib ketgan, şundan keyin darhol pastga şönğigan.
Şundan keyin uni Anderson egallab olib, Gordonga uzatgan, u esa jarima maydoniga yaqinlaşib, Bellinghemni golli pas bilan ta’minlagan.
Qoidaga köra, agar töp öyin paytida taşqi jismga tegsa, uçraşuv töxtatilişi va bahsli töp bilan qayta boşlanişi kerak. «Örgimçak kamera» ham taşqi jism hisoblanadi.
Sobiq hakam Mark Klattenburg Fox efirida bularning barçasi golga olib kelgan epizodning bir qismi ekani va şu tufayli bu vaziyat videotakrorda körib çiqilişi kerak bölganini aytdi.
Ammo VAR vaziyatga aralaşa olmasdi. Çunki tezkor videohakamlar tizimi faqat hujum fazasini tekşiriş vakolatiga ega. Bu faza esa Angliya töpni egallab olgan soniyadan boşlanadi – undan oldingi jarayonni qamrab olmaydi.
Şu boşlaniş nuqtasi sabab, golni bekor qiliş vakolati faqat maydondagi hakamlarning qaroriga boğliq bölib qolgandi. Öyinni boşqargan hakam Kleman Tyurpen golni hisobladi va Angliya tanaffusga 1:1 hisobida yöl oldi.
FIFA esa töpdagi datçik sim bilan aloqani qayd etmaganini ma’lum qilib, bayonot berdi:
«Angliyaning Norvegiyaga qarşi öyinida 45+2-daqiqada urgan golidan oldin, havoda töp harakatlanayotgan paytda sensorli töp ma’lumotlarida töpning «yurak urişi» grafigida heç qanday yuqori çöqqi (peak) qayd etilmadi. Şuning uçun töpning stadion tepasidagi simga tegib, uning harakat yönalişini özgartirganini tasdiqlaydigan heç qanday dalil yöq».
Before England’s goal in minute 45+2 against Norway, the sensor in the Connected Ball showed no peak in the 'heartbeat of the ball' when in the air, and therefore no evidence that the ball touched the overhead wire and changed the movement of the ball. pic.twitter.com/gYf9ukfveT
— FIFA Media (@fifamedia) July 11, 2026



















