Fan-texnika | 12:55 / 12.04.2017
12101
2 daqiqa o‘qiladi

Ford politsiya mashinalarining 67 yillik taraqqiyotini namoyish qildi

Amerikaning Ford kompaniyasi bir daqiqalik videorolikda 1950 yildan hozirgi vaqtgacha politsiya mashinalari evolyutsiyasini namoyish qildi. Video yangi patrul sedani Fusion taqdimotiga bag‘ishlangan. Unga gibridli motor o‘rnatiladi. 

Ford kompaniyasi ilk politsiya mashinasini zavodning o‘zida 1950 yilda ishlab chiqqan edi. Shundan boshlab patrul mashinalari dvigatellarining kuchi doimiy ravishda kuchaytirib borildi. 1952 yildagi 125 ot kuchiga ega V8 motordan 1971 yildagi Galaxie modeliga joylangan 400 ot kuchiga ega V8 motor buni isbotlaydi.

Yangi politsiya mashinasi esa ikki litrli «to‘rtlik» negizida gibrid motor bilan jihozlanadi. Kompaniya uning kuchiga oydinlik kiritmagan bo‘lsa-da, barchasi ta'qib qilishga mo‘ljallanganini aytmoqda. Bunda uning o‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 kmga 6,2 litrni tashkil etadi. 

Ta'kidlanishicha, Ford AQSh politsiyasi uchun eng ko‘p avtomobillar yetkazib beruvchi hisoblanadi. Uning ulushi 63 foizni tashkil etadi. 

Mavzuga oid