Uning aytişiça, politsiyada xizmat nufuzi pasaygan, bozor şaroitida maoş va ijtimoiy kafolatlar xodimlar kutgan darajaga töğri kelmayapti. Zubov ta’kidlaşiça, yangi kadrlar oqimi mavjud böşliqni qoplamayapti.
U, şuningdek, hokimiyat IIV xodimlari maoşini oşirişni rejalaştirayotganini, ammo bu “katta bölmasligi”ni bildirdi.
Rossiya IIVda kadrlar yetişmasligi muammosi ilk bor kötarilayotgani yöq. 2025 yil mart oyida vazir Vladimir Kolokolsev 170 ming nafardan ortiq xodim yetişmayotganini aytgan.
IIV taqdimotiga köra, öşa paytda attestatsiyadan ötgan tarkibdagi yetişmovçilik quyidagiça bölgan: jinoyat qidiruvida — 23,9 foiz, patrul-post xizmatida — 31,4 foiz, giyohvand moddalar muomalasini nazorat qiluvçi bölinmalarda — 24,7 foiz, dastlabki tergov organlarida — 22,7 foiz.
Kolokolsev 2024 yil davomida tajribali politsiya xodimlarining qariyb yarmi xizmatdan ketganini ham bildirgan.
IIV vaziri sözlariga köra, işdan ketganlar orasida bölinma boşliqlari ham bölgan — ular qöl ostidagilarga tegişli ta’tillarni bermagani, bu esa jamoada keskinlikning oşişiga olib kelgani ta’kidlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qatnaşgan IIV hay’atining kengaytirilgan yiğilişida Kolokolsev umumiy kadrlar tanqisligini 172 ming kişi deb baholagan. Öşanda Putin IIV xodimlarining pul ta’minotini yaxşilaş, jumladan politsiyaçilarni uy-joy bilan ta’minlaşni topşirgan.
Politsiya xodimlari kasaba uyuşmasi rahbari Mixail Paşkin esa vazir örinbosari sözlarini NSN agentligiga izohlar ekan, ommaviy ketişga faqat maoş pastligi emas, balki rahbarlar tomonidan tahqirlovçi munosabat ham sabab bölayotganini aytgan.
Paşkin ayrim bölinmalarda kadrlar tanqisligi 40 foizgaça yetayotganini tasdiqladi, ammo tez orada bu körsatkiç 50 foizga ham çiqişi mumkinligini qöşimça qildi. “Normal rahbarlar bölsa, odamlar past maoşda ham ketmaydi. Lekin tizim normal rahbarlarni haydaydi, çunki ular reja körsatkiçlarini bajarmaydi: buning uçun xodimlarni mukofotdan mahrum qiliş kerak böladi, ular esa bunday qilmaydi. Tizim, aslida, özini özi yöq qilyapti”, — dedi u.
Ommaviy işdan ketişlarga qaramay, Rossiya aholi jon boşiga töğri keladigan politsiyaçilar soni böyiça yetakçi davlatlardan biri bölib qolmoqda. 2024 yilda 100 ming aholiga 643 nafar IIV xodimi töğri kelgan.

















