Jahon | 16:11 / 12.04.2017
8452
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Amazon'ning Sietldagi yangi idorasi parki

Amazon korporatsiyasi 2015 yilda Sietlda yangi idorasini ochgan. O‘shanda kompaniya xodimlar uchun o‘zining ilk Doppler nomli osmono‘par binosini bunyod qilgandi. Amazon 2020 yilga borib, 1,02 million kvadrat metrdan ortiq maydonni - shahardagi idora maydonlarining taxminan 20 foizini qamrab olishni rejalashtirmoqda. Korporatsiya kampuslari 40 ga yaqin binoda joylashgan. 

Amazon idora maydonlariga qo‘shimcha ravishda Biosphere (Biosfera) nomli uch yopiq shishadan iborat majmuani qurishni rejalashtirmoqda. Majmua qurilish tugaganidan keyin shunday ko‘rinishda bo‘ladi:

Biosphere 2016 yilning avgustida shunday ko‘rinishda bo‘lgan:

Biosphere 2017 yilning fevralida:

Mazkur majmua korporatsiya xodimlari uchun idora binolari orasidagi "yashil dam olish maskani" vazifasini o‘taydi, deya taxmin qiladi Business Insider. Unda xodimlar yilning barcha mavsumlarida o‘simliklar orasida dam olishlari mumkin bo‘ladi. 

Hozir shaharda Amazon'ning 30 ming nafar shtat xodimi faoliyat yuritadi. Shuningdek Sietlda kompaniyaning yana 10 ming bo‘sh o‘rni ochilgan. Amazon'da butun dunyo bo‘ylab jami 300 ming kishi ishlaydi.

Mavzuga oid