Qozog‘iston Milliy banki raisi: «Respublika iqtisodiyoti tiklanmoqda»
Qozog‘iston Milliy banki respublika iqtisodiyoti yaqin uch yil davomida ijobiy tarzda rivojlanishini bashorat qildi. TASS mamlakat Milliy banki raisi Doniyor Akishev bilan shu va boshqa qator masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Akishevning ta'kidlashicha, hukumat tomonidan makroiqtisodiy parametrlar qayta ko‘rib chiqilishi birinchi navbatda jahonda neft narxlarining barqarorlashishi bilan bog‘liq. Iqtisodiyotning ichki sektorida esa asosiy salbiy oqibatlar ortda qolgan, iqtisodiyot o‘sishi tiklangan. Bundan tashqari, pul-kredit siyosati tengening erkin va "suzib yuruvchi" ayirboshlash kursisi rejimida olib borilmoqda. 2016 yilda pul va valyuta bozorlari barqarorligi ta'minlandi, bu esa depozitlar bozoridagi vaziyatni yaxshiladi. «Hozirda iqtisodiy agentlarning yangi sharoitlarga to‘la ko‘nikkani haqida gapirish mumkin, iqtisodiyotdagi vaziyat esa uning yanada o‘sishidan darak bermoqda. Biz bunday sharoitda ichki iste'mol asta-sekin tiklanishini kutmoqdamiz. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojga ijobiy hissa diversifikatsiya va iqtisodiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishni davom ettiradi».
«2016 yilning sentabridan boshlab biz tenge kursi tashkil topishi jarayoniga aralashayotganimiz yo‘q. U ichki va tashqi omillar ta'siri tufayli barqaror holatda», - deya ma'lum qildi Akishev.
Shuningdek, mamlakat Milliy banki raisining aytishicha, Qozog‘istonning xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvi, shuningdek mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ishtirok etishi – Qozog‘iston iqtisodiyotiga ta'sir ko‘rsatadi. Qozog‘istonning asosiy savdo sheriklari – Yevropa ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy ekani qayd etildi.
Bundan tashqari, Akishevning aytishicha, «Milliy bank markaziy bank sifatida narxlar barqarorligini ta'minlashga javobgardir. Qozog‘iston Milliy banki pul-kredit siyosatini olib borishda bu xatti-harakatlar mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini baholab kelgan. Biz inflyatsiya maqsadlari va makroiqtisodiy barqarorlik o‘rtasida qulay nisbatni doimiy ravishda izlaymiz».
Shuningdek, Milliy bank raisining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston kichik ochiq iqtisodiyotga ega davlat bo‘lgani tufayli, nooziq-ovqat iste'mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari import qilinadi, tashqi inflyatsiya ham ahamiyatga ega. Mamlakatdagi inflyatsiyaga jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlari, jahon tovar va oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat, savdo sheriklari bo‘lgan davlatlardagi inflyatsiya kabi tashqi omillar ta'sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, Qozog‘istondagi ichki valyuta bozori holati barqaror ekani aytildi. Ayni damda tenge kursining ancha mustahkamlanishi 2017 yilning fevralidagi mavsumiy omilga ham bog‘liq. Bu davrda yirik eksportchi-korxonalar valyuta tushumining bir qismini soliq to‘lovlarini to‘lash uchun sotishadi hamda xorijiy valyuta taklifini oshirishadi, bu esa yakunda tengening ayirboshlash kursisi mustahkamlanishiga olib keladi.
Shuningdek, Akishevning ta'kidlashicha, «Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – bu birinchi navbatda iqtisodiy birlashma bo‘lib, uning maqsadi – ishtirokchi-davlatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun sharoit bilan ta'minlash, ularning raqobatbardoshligini oshirishdir. Umumiy moliya bozorini tashkil etish esa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ichida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish va intergatsiya jarayonlarining chuqurlashishida qo‘l keladi. 2025 yilgacha YevrOsII yagona moliyaviy bozorini yaratish uchun ittifoq markaziy banklari tartibga solish yagona prinsiplarini ishlab chiqishi va o‘zaro muvofiqlashtirib olishi darkor».
Mavzuga oid
09:24
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
21:48 / 30.10.2024
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga mukofot pullarini ajratish taqiqlandi
20:38 / 30.10.2024