Jahon | 11:52 / 12.04.2017
11819
1 daqiqa o‘qiladi

MDH mamlakatlari HHM kuchlari qo‘mondonlari muvofiqlashtirish hujjatlarini imzolaydi

MDHga a'zo mamlakatlar havo hujumidan mudofaa kuchlari qo‘mondonlari Qirg‘iziston poytaxtida to‘planishdi. Ular qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi. Bu haqda Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi axborot ta'minoti boshqarmasi ma'lum qildi. 

"Bugun Bishkekda MDH mamlakatlari mudofa vazirlari Kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining 46-majlisi o‘z ishini boshladi. Bundan tashqari, Hamdo‘stlik mamlakatlari HHM birlashgan tizimlarining harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlari o‘quv-metodik tayyorgarligi ham tashkil etiladi", - deyiladi xabarda. 

Bosh shtab ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv qatnashchilari, 13 aprelgacha xavfsizlikni ta'minlash sohasida qo‘shma harakatlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishadi. 

Havo hujumidan mudofaa kuchlari qo‘mondonlarining Bishkek uchrashuvi G‘alab maydoniga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. 

Mavzuga oid