Sport | 00:08 / 13.04.2017
8589
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Monako" safarda Mbappening dubli evaziga "Borussiya Dortmund"ni yengdi

Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Borussiya Dortmund" o‘z uyida "Monako"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi

O‘yinning 19-daqiqasida Mbappe mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada esa Bender o‘z darvozasiga gol kiritib, oradagi farqni 2taga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limning 12-daqiqasida Dembele oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, 79-daqiqada Mbappe dubl qayd etib, oradagi farqni yana 2taga yetkazdi. O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida esa Kagava jamoasining ikkinchi golini kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 0:2 – 35, avtogol Bender, 1:2 – 57 Dembele, 1:3 – 79 Mbappe, 2:3 – 84 Kagava.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Ginter, Shmeltser (Pulishich, 46), Gerreyru, Vaygl, Bender (Shaxin, 46), Kagava, Pishchek, Obameyang, Dembele.
Monako – Subashich, Glik, Fabino, Radji, Jyemerson, Lemar, Bernardu Silva (Dirar, 66), Mbappe, Moutinyu, Ture, Falkao (Jyermen, 85).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (16), Ginter (40), Jyemerson (46), Lemar (58), Dirar (69), Fabino (81), Subashich (87).

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid