Londonda derbi, Italiyada peşqadamlar töqnaşuvi. Hafta öyinlari anonsi
|21:06 / 29.11.20255 30417 min
Bizning futbolda köp işlatiladigan “ jöjani kuzda sanaymiz” iborasi Yevropaga unça töğri kelmaydi. Bu yerda mavsum endi boşlanyapti va kuzning oxirgi kunlari navbatdagi tur öyinlari bölib ötadi. U yerga köproq “saragi sarakka, puçagi puçakka” iborasi köproq tuşadi – hali sovrin egalari aniq bölmasa-da, asta-sekin ligalarda yetakçilar ajrab çiqmoqda va bemalol yuqori örinlar uçun kuraş asosan kimlar örtasida bölişini taxmin qiliş mumkin.
Bu hafta dam oliş kunlari Angliya va Italiyada turnir jadvalini boşqarayotgan jamoalar özaro orani oçiq qilişadi. Ayni paytda dunyoning eng yaxşi jamoasi bölib turgan va “Bavariya”ga qarşi buni isbotlagan “Arsenal” safarda rasmiy jahon çempioni hisoblangan “Çelsi”ning imtihonidan ötadi. Şuningdek, Bundesligada yuqori örinlar uçun qiziqarli bahs, Ispaniyada Andalus derbisi ham bizni kutib turibdi.
Foto: ESPN
BAYYeR – BORUSSIYa D (29 noyabr, 22:30)
Bundesligada çempionlik masalasini köpçilikni öylantirmasa kerak - “Bavariya” juda kuçli. Ammo Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun kuraş juda qizğin böladi va da’vogar jamoalar içida “Bayyer” va “Borussiya” albatta bor. Şu bilan birga ayni paytda har ikki jamoa ham juda yaxşi sport formasida ekani uşbu uçraşuvni yanada keskin va murosasiz ötişini ta’minlasa ajab emas.
“Bayyer” mavsum boşida, Erik ten Xag boş murabbiylik qilib yurganda ilk turni mağlubiyat bilan boşlagan va şundan söng deyarli yutqazgani yöq. Deyarli, deganimizning sababi faqat “Bavariya”ga yutqazgan va bu hozirda u qadar “ayb” emas. Xuddi şunday ta’rifni “Borussiya”ga nisbatan ham işlatişimiz mumkin. Dortmundliklarning mavsumdagi yagona mağlubiyati aynan “Bavariya”ga qarşi uçraşuvda qabul qilingan. Har ikki jamoa hafta örtasida Çempionlar Ligasida töp surişdi va ança kuçli raqiblar ustidan çiroyli ğalaba qozonildi. “Borussiya” öz maydonida “Vilyareal”ni 4:0 hisobida yutgan bölsa, liverkuzenliklar safarda “Mançester Siti”ni yengişdi.
Umuman olganda ayniqsa “Borussiya” bu mavsum Çempionlar Ligasini ham kuçli ötkazmoqda. Ayni damda Niko Kovaç şogirdlari kuçli sakkizlikdan örin olib turişibdi, hamda turnirda faqat “PSJ” köproq gol ura olgan xolos. Qiziği, “PSJ”ning 7 goli aynan “Bayyer” darvozasiga urilganini ham eslab ötiş kerak. “Bayyer” esa aksinça, Bundesligada eng köp gol urgan jamoalardan biri – 27 gol. Faqat “Bavariya”da köproq. Demak bu öyin ança hujumkor, boylarga gol bölişi ehtimoli ham katta.
Mavzuga oid
Ötgan mavsumdagi natijalar ham buni isbotlaydi. Liverkuzendagi uçraşuvda mehmonlar 2:4 hisobida ğalaba qozonib ketgan bölişsa, birinçi davrada teskarisi bölgan, ya’ni “Bayyer” safarda 3:2 hisobida ustun kelgandi. Umuman oladigan bölsak, “Borussiya”da ustunlik bor – oxirgi 30 uçraşuvning 16 tasida dortmundliklarning qöli baland kelgan. “Bayyer” 8 marta ğalaba qozongan.
Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, mezbonlar safida yöqotişlar ança köp. Fernandes, Vaskes, Artur kabi asosiy tarkib futbolçilari uşbu öyinda şeriklariga yordam bera olişmaydi. Mehmonlardan esa faqat Niklas Zyule yöq, ammo u ham aksariyat hollarda zaxirada qolib ketardi. Çempionlar Ligasini har ikki jamoa ham bir kunda ötkazdi, faqat “Bayyer” Angliyaga safar qilgan bölsa, “Borussiya” öz uyida öynadi. Ammo bu turda “Bayyer” mezbon, ya’ni “Borussiya” safar qilganini e’tiborga olsak, bu borada imkoniyatlar teng.
11 turdan keyin “Bayyer” 23 oçko bilan uçinçi, “Borussiya” esa 22 oçko töplagan holda törtinçi örinda. Demak ğolib jamoa kuçli uçlikda bölişi, hatto 2-örindagi “Leypsig”ni (25 oçko) quvib ötişi mumkin. Mağlub jamoa esa hatto 7-öringa tuşib ketiş xavfi bor.
Foto: La Liga
SeVILYa – BeTIS (29 noyabr, 22:30)
Ispaniyada har yili çempionlik kuraşi qaysi jamoalar örtasida keçişi ham, boşqalarning ularga tenglaşişi deyarli imkonsizligi ham ma’lum bölsa-da, yaxşiyamki, turli qiziqapli qarama-qarşiliklar, an’analar va derbilar bor. Aynan şunday uçraşuvda La Ligaga qöşimça rang beradi va e’tiborni jalb qiladi. Mana şunday töqnaşuvlardan biri albatta, Andalusiya derbisidir.
Şubhasiz, bu ikki jamoa içida “Sevilya”ning obruyi ança baland, ayniqsa Yevropa Ligasida qozonilgan ğalabalarni boşqa bir klub takrorlaşi juda qiyin böladi. Ammo sönggi paytlarda jamoada sezilarli pasayiş kuzatildi, aksinça, Andalusning boşqa jamoasi bölmiş “Betis” yuqori örinlar uçun kuraşadigan barqaror jamoaga aylandi. Manuel Pellegrini şogirdlari ötgan mavsumda faqat sönggi turlarda Çempionlar Ligasi yöllanmasidan quruq qolgan, ammo boşqa bir yevrokubok finaligaça yetib borgandi. “Betis” uşbu mavsum ham plankani tuşirib yubormadi va ayni damda turnir jadvalida 5-örinda bormoqda. Töğri, törtlik bilan oradagi farq katta, ammo agar bu safar ham ötgan yilgi kabi Ispaniyaga 5 örin ajratiladigan bölsa, “Betis” uşbu yöllanma uçun asosiy da’vogarlardan biri ekani şubhasiz,
Ammo afsuski, “Sevilya”ga qarşi derbida “Betis”ning ikki asosiy futbolçisi maydonga tuşa olmaydigan böldi. Jamoa yetakçisi Isko “Utrext”ga qarşi Yevropa Ligasi uçraşuvining 10-daqiqasidayoq jarohat tufayli almaştirildi va katta ehtimol bilan bir oyga yaqin maydonga tuşa olmaydi. Yana bir asosiy hujumçilardan biri Antoni esa “Jirona”ga qarşi ötgan turdagi öyinning sönggi daqiqalarida hakam tomonidan maydondan çetlatildi va diskvalifikatsiyaga ega. Bu ikki futbolçisiz “Betis”ning hujum çiziği ança ğariblaşib qolişi aniq. 2025 yilni töliq oladigan bölsak, Iskoda gol+pas böyiça 12+12, Antonida esa 15+7. Ortiqça izohga hojat yöq.
Darvoqe, “Utrext”ga qarşi öyinning 15-daqiqasida yana bir muhim futbolçi Sofyan Amrabat ham jarohat tufayli almaştirilgandi.Xullas Yevropa Ligasidagi ğalaba jamoa uçun ança qimmatga tuşdi. Şu bilan birga uşbu turnirda “Betis” yetakçilar safida ekani va hali mağlubiyatga uçramaganini ham aytiş kerak. Özi umuman “Betis” uşbu mavsumda barça musobaqalarda atigi ikki marta mağlubiyatga uçradi xolos. Qiziği, ikkisi ham öz maydonida. “Atletik” va “Atletiko”ga.
“Sevilya”ga töxtaladigan bölsak, jamoa ança beqaror – 16 oçko bilan jadvalning ikkinçi yarmida bormoqda. Lekin muxlislar “Sevilya”ni bu mavsum “Barselona”ga qarşi öyin tufayli yaxşi bilişadi. Öşa kuni Matias Almeyda şogirdlari peşqadam ustidan 4:1 hisobida çiroyli ğalabaga erişgandilar. Demak muhim, katta öyinlarda jamoa baribir xavfli va kuçli bölib qolaveradi. Tabiiyki, “Betis”ga ham oson bölmaydi. Oxirgi martda “Betis” “Pisxuan”dan 2018 yilda uç oçko olib ketgan. Öşa öyinda 5:3 hisobi qayd etilgandi. Uşbu stadiondagi sönggi 12 uçraşuvning 9 tasida mezbonlarning qöli baland kelgan.
“Sevilya”ning yevrokuboklarda qatnaşmayotgani raqibi oldida ustunlik beradi, ammo şu bilan birga tarkibda jarohatlanganlar juda köp – Aspilikueta, Kuassi, Suazo, Romero, Vargas va Yanuzay.
Foto: Getty Images
ÇeLSI – ARSeNAL (30 noyabr, 21:30)
Bir neça hafta oldin bölganida uşbu London derbisida “Arsenal”ning ustunligi yaqqol tuyulgan bölardi, çunki “Çelsi” ança beqaror natijalar qayd etayotgan, “Arsenal” esa hatto darvozasiga zarba berişga yöl qöymayotgandi. “Arsenal” özgarmadi albatta,ammo “Çelsi”ning sönggi öyinlari bu safar peşqadamga oson bölmasligidan dalolat qilmoqda.
“Sanderlend”dan öz maydonida qabul qilingan açinarli mağlubiyatdan söng “Çelsi” APL da qatorasiga uç ğalabaga erişdi va bu öyinlarda birorta ham gol ötkazib yubormadi. Bundan ham köra Mareska jamoasining Çempionlar Ligasida “Barselona”ga qarşi öyini ham juda kuçli çiqdi – “Çelsi” 3:0 hisobida ispanlarni ham mağlubiyatga uçratdi. Hammasi bölib jamoada barça musobaqalarda 6 öyinlik mağlubiyatsiz seriya bor. “Çelsi”ning ayniqsa katta öyinlarda munosib öynay olişini e’tiborga olsak, “Arsenal”ga oson bölmaydi. Şu bilan birga intriga uçun ham mezbonlarning ğalaba kerak, albatta. Agar mehmonlar ğalaba qozonadigan bölsa, Arteta şogirdlari hozirdanoq 7 oçkolik farq bilan 1-öringa joylaşib olişadi. “Çelsi” yutadigan bölsa, 3 oçkolik masofada “Arsenal”ga yaqinlaşib oladi.
“Arsenal”ning sport formasi ham, kayfiyati ham joyida. Agar Arteta şogirdlarining oxirgi mağlubiyatini qidirsak, yoz oylariga borib qolamiz. Demak bu öyin kuzning oxirgi kuni ekanini e’tiborga olsak, mabodo “Arsenal” mağlubiyatga uçramaydigan bölsa, butun kuzni mağlubiyatsiz ötkazgan Yevropadagi yagona jamoaga aylanadi. Kuçli beşlik nazarda tutilyapti albatta. Umuman jamoaning ança muvaffaqiyatli seriyasi paytida köpçilik taqvimning ham ta’siri borligini, öşa davrda “Arsenal” ança kuçsizroq raqiblarga duç kelganini ham yozgandi. Mana şu haftaning özida “Arsenal” qatorasiga “Tottenhem”, “Bavariya” va “Çelsi”ga qarşi öyinlar belgilangan, demak aynan şu hafta jamoaning haqiqiy kuçiga baho berişga asos bölardi. Hozirça şubha qolmayapti, qiyin seriyaning dastlabki ikki öyinida 4:1 va 3:1 hisobida işonçli ğalabalar qayd etildi, endi navbat “Çelsi”ga. Özi umuman bu hafta Çempionlar Ligasida APLdan qatnaşgan 6 jamoadan faqat ikkitasi ğalaba qozondi – “Çelsi” va “Arsenal”.
Özaro öyinlarga töxtaladigan bölsak, sönggi yillarda “Çelsi”ning “Arsenal”ga qarşi statistikasi juda yomon. APL doirasidagi oxirgi 11 öyinda “Çelsi” ğalaba qozona olmayapti. Bu davrda ikki durang, 9 öyin “qizillarning” ğalabasi bilan tugagan. Agar “Stemford Brij”dagi sönggi ğalabani qidirsak, yanayam oldinroqqa ketamiz – “Çelsi” uyida “Arsenal”ni yutgan öyinda, ya’ni 2018 yilning avgustida (3:2) gollarni Alonso, Pedro, Morata, Mxitaryan va Ivobi kabi futbolçilar urgan. Öşa öyinda maydonga tuşgan futbolçilardan ertaga faqat Kepa maydonga tuşişi mumkin, u ham endi “Çelsi” emas, “Arsenal” safida. Butunlay yangilanib ketdi jamoalar.
Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, “Çelsi”da yöqotişlar deyarli yöq. Faqatgina Laviya navbatdagi jarohatini oldi va kamida ikki hafta öynay olmaydi. Mehmonlar tarkibida esa Xavers va Gabriyel öynamasligi aniq, Gabriyel Jyezusning esa maşğulotlarga kirişgani aytilmoqda. Leandro Trossarning holati söroq ostida qolmoqda.
Foto: Getty Images
ROMA – NAPOLI (1 dekabrga ötar keçasi, 00:45)
Şu kuni nafaqat Angliyada, balki Italiyada ham peşqadamlar örtasida özaro töqnaşuv bor. Ötgan turda “Inter”ning qoqilişidan söng yakka peşqadamga aylanib olgan “Roma” öz maydonida “Napoli”ni qabul qiladi. Rimliklar hisobida 27, 2-3 örinlarni egallab turgan “Milan” va “Napoli”da esa 25 tadan oçko bor.
Qiziq tomoni, “Roma” özaro öyinda ikki asosiy raqibiga, ham “Inter”, ham “Milan”ga imkoniyatni boy bergan. Ammo boşqa öyinlarda maksimal oçko olmoqda va katta öyinlardagi mağlubiyat ham Gasperini şogirdlariga halaqit bermayapti. 9 ğalabadan 7 tasida “Roma” öz darvozasini daxlsiz saqlagani ham jamoa ança işonçli öynayotganidan darak beradi. “Napoli”ga qarşi öyin ham navbatdagi jiddiy sinov bölişi kerak.
“Napoli” sönggi ikki öyinni öz foydasiga hal qildi, lekin Antonio Konte jamoalariga xos bölgan işonç va xotirjamlik bu mavsum unça sezilmayapti. Buning sababi, albatta, endi “Napoli” bir neça frontda töp surayotgani. Ötgan çempionlik mavsumida aynan şu faktor, yevrokuboklarda iştirok bölmagani tufali Konte jamoasi ança yuqori jismoniy holatda bölgandi. Albatta, buni sezgan holda klub yozda ança faol böldi, tarkibni kengaytirişga harakat qilindi. Lekin endi jarohatlar optimal tarkibni tuşirişga doim halaqit qilib kelmoqda. Hozirda Gilmur, Spinatssola, Gutiyeres, Zambo-Angissa, de Bryoyne va Romelu Lukakular jamoaga yordam bera olişmaydi. Ularning har biri asosiy tarkib futbolçilari hisoblanişadi. Rimliklar safida esa Kuadio Kone yevrokubok öyinida jarohat olib almaştirildi va uşbu öyingaça tayyor bölişi söroq ostida qolmoqda. Şuningdek, Artyom Dovbik yana kamida uç hafta şeriklariga yordam bera olmaydi.
Özaro öyinlarga töxtaladigan bölsak, “Napoli” odatda bu stadionda ança muvaffaqiyatli töp surib kelgan. Sönggi 14 öyinning 6 tasida mezbonlarning qöli baland kelgan bölsa, xuddi şunça öyinni “Napoli” öz foydasiga hal qilib ketgan. Ötgan yili esa “Roma” 90+2 daqiqada Anxelinoning goli evaziga (1:1) mağlubiyatdan qutulib qolgandi. Darvoqe, Anxelino ham bu öyinni ötkazib yuboradi. Ispaniyalik himoyaçi ikki oy oldin virusga çalingandi va qaçon töliq tiklanişi ma’lum emas.
Aytgança, Italiya çempionati peşqadamlari sifatida doim “Inter”, “Milan”, “Roma” yoki “Napoli”ni köp tilga olyapmiz-u, ortda “Bolonya” degan jamoa quvib kelayotganiga ham e’tibor qaratiş lozim. Jamoa barça musobaqalarda 12 öyindan beri mağlubiyatga uçramay kelmoqda va ayni paytda 24 oçko bilan 5-öringa joylaşib olgan. Ya’ni peşqadam bilan oradagi farq atigi 3 oçko va bu turda “Kremoneze”ni qabul qiladi. Demak agar ğalaba qozonsa, “Bolonya” bemalol yuqoridagi uçraşuvda mağlub bölgan jamoani quvib ötişi va hatto kuçli uçlikka ham kirib olişi mumkin.
30 noyabr. Kristal Pelas - MYu (17:00), Piza – INTeR (19:00), ASTON VILLA – Vulverhempton (19:05), Vest Hem – LIVeRPUL (19:05), Jirona – ReAL (1 dekabrga ötar keçasi, 01:00)