Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat ro‘yxatiga olindi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Qo‘qon shahar “Yagona darcha” markazi tomonidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvar kungi PF-4931-sonli Farmoniga asosan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi belgilab berilgan.
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi 2017 yilning 11 aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Direktsiya rahbariga yangi namunadagi davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tantanali ravishda taqdim etildi. Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Qo‘qon” EIZ hududida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga hozirgi kungacha 150 ga yaqin tadbirkorlik sub'yektlaridan o‘z faoliyatlarini erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshirish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026