O‘zbekiston | 12:32 / 14.04.2017
26919
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Suriyadagi voqealarga munosabat bildirdi

Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv xalqaro press-klub tashabbusi bilan tashkil etildi va unda O‘zbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, «Kun.uz» xodimlari ishtirok etmoqda.

Unda Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning yangi davrdagi tashqi siyosati haqida gapirgan.

«Men Suriyada Amerika tomonidan Shayrat aviabazasiga zarba berilganini izohlamayman. Chunki biz bu jarayonning ishtirokchisi emasmiz. Tinchlik tarafdorimiz. Tomonlar kelishib olgani yaxshi», degan Komilov.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid