Andijon shahridagi “Bolalar shaharchasi”da futbolchilardan “Mahorat darsi”
Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport Boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasida xayriya tadbiri tashkil qildi.
Ezgulik, mehr-muruvvat, odamiylik va oqibat kabi xislatlar o‘zbek xalqining tomiri, qon-qonida jo‘sh uradigan fazilatlardandir. Xalqimizda “Muruvvat dilni poklaydi” degan purma'no hikmat bor. Ota-bobolarimiz azal-azaldan mehrga muhtoj insonlarni yo‘qlab, ularga muruvvat ko‘rsatishni o‘ziga esh bilib kelganlar.
Andijon shahridagi ushbu "Bolalar shaharchasi" yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir. Mazkur majmua 16 ta zamonaviy uy-joy, yopiq suzish havzasi, boks va gimnastika zallari, stadion, yozgi amfiteatr hamda musiqa zalini o‘zida mujassamlashtirgan. Maskanda 80 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim va tarbiya oladi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida “Andijon” klubi futbolchilari Anvar Berdiyev va Ibrohim Otaxonov, Sanjar Asqaraliyev, Farhod Bekmurtov bolalar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga javob berdi. So‘ng futbol klubi a'zolari va tarbiyalanuvchilarning ikki jamoasi maydonda bir-birlariga qarshi to‘p surishdi.
Tadbir davomida bolajonlarga Andijon jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Andijon” futbol klubi tomonidan futbol to‘plari va sport anjomlari sovg‘a qilindi.
- Bugungi uchrashuv davomida bolajonlar yuzidagi tabassum, quvonchni ko‘rib juda ta'sirlandik,-deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari Ozodbek Saidov. - Boshqarmamiz shaharchadagi tarbiyalanuvchilarning istagan sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratib beradi. Maskan mutasaddilari bilan muntazam ravishda bugungidek tadbirlar o‘tkazishni ham rejalashtirib oldik.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:54 / 19.12.2024