Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya jangovar harakatlar vaqtida AQSh qo‘shinlariga yordam beradi
Yaponiya parlamenti yuqori palatasi harbiy-moddiy ta'minlash bo‘yicha AQSh bilan qayta ko‘rib chiqilgan kelishuvni ma'qulladi. Mazkur kelishuv, jangovar harakatlar olib borayotgan AQSh qo‘shinlarini o‘q-dorilar va harbiy anjomlar bilan ta'minlashga ruxsat beradi. Avvalroq, Yaponiya mudofaa kuchlari haqiqiy janglarga jalb etilishi xavotiri tufayli bunday qila olmas edi.
Yaponiya yuqori palatasi Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan ham shunday kelishuvni ma'qullagan.
Shu bilan birga, Kyodo axborot agentligiga ko‘ra, Yaponiya qo‘shinlari AQSh va boshqa do‘stona mamlakatlar armiyalarini bevosita jang maydonlarida qo‘llab-quvvatlay olmaydi.
Mamlakat parlamentida muxolifatda bo‘lgan Demokratik partiya va boshqa siyosiy kuchlar hujjatni tasdiqlash jarayonini buzishga urinishgan. Ularning fikricha, bu kelishuv mamlakat qurolli kuchlarini jangovar harakatlarga jalb etishi mumkin.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
16:44 / 22.06.2026