Nukusda meteorologik stansiya ishga tushirildi
13-14 aprel kunlari O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakat vazirliklari, idoralari, milliy va hududiy OAV vakillari BMTning Qo‘shma dasturi “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojyeasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tanishuv safarida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.
Asosiy maqsad - BMT Qo‘shma dasturining birinchi bosqichida erishilgan natijalar bilan tanishish, qatnashchilarga donorlarning keng ishtiroki orqali tuzilishi taklif qilinayotgan ko‘psheriklik fondining hamda Orolbo‘yi mintaqasi rivojiga qaratilgan sa'y-harakatlarni birlashtirishning ahamiyati haqida ma'lumot berishdir.
Meteorologik stansiyani ishga tushirish marosimida yuqori martabali mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistondagi BMTning Doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMTTDning Doimiy vakili janob Stefan Prisner mamlakatda faoliyat olib borayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston hukumatiga va Orol dengizi fojyeasi natijasida aziyat chekkan mahalliy aholiga inson xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli muammolar yechimini topish orqali ko‘mak berishga tayyorligini ta'kidladi.
Xususan, O‘zbekistondagi BMTD va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda iqlim o‘zgarishlari haqida BMTning doiraviy konvensiyasini Moslashuv (Adaptatsion) fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlash” qo‘shma loyihasi Qoraqalpog‘istonning beshta namunaviy tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nukus shahridagi Qo‘shma dastur ofisida o‘tkazilgan uchrashuv paytida ishtirokchilar BMTning Orolbo‘yi hududidagi ko‘mak berish ustuvorliklari haqida qisqa taqdimot bilan tanishdilar, Qo‘shma dastur yangi bosqichi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik maqsadli fondi doirasida xalqaro hamkorlarni muvofiqlashtirilgan holda yanada ko‘proq jalb qilishni maqsad qilgani haqida batafsil ma'lumot oldilar.
Mo‘ynoq o‘lkashunoslik muzeyi va Mo‘ynoq tumanidagi kemalar qabristoniga safar Qoraqalpog‘iston aholisini ilgarigi va hozirgi voqelikdagi turmush faoliyatining umumiy suratini shakllantirish imkonini berdi.
Mavzuga oid
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
14:27 / 27.08.2024
Xorijdagi qoraqalpoq diasporalari vakillari Nukusda yig‘ildi - foto
07:33 / 27.08.2024
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
07:30 / 21.08.2024