Jahon | 16:52 / 15.04.2017
4600
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvan atmosfera ifloslanishiga qarshi 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi

Tayvan hukumati yaqin ikki yilda havo tarkibidagi PM2.5 zarralariga qarshi kurashish maqsadida 36,5 milliard yangi Tayvan dollari (bu taxminan 1,2 mlrd AQSh dollari) sarflaydi. 

Sinxua agentligining xabar qilishicha, Tayvan ma'muriyati 2019 yilga kelib havodagi PM2.5 zarralari ulushini 18,2 foizga — bir metr kubga 18 mikrogrammgacha tushirishni rejalashtirgan. Shunga ko‘ra, 2019 yilgacha orolda zararli gazlarni ko‘p chiqaradigan mototsikllar soni 1 mln dona qisqartiriladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2,5 mikron o‘lchamdagi PM2.5 zarralari inson salomatligi uchun jiddiy xavf soladi. Ular havoda tuman bordek tasavvur uyg‘otadi hamda o‘pkaga chuqur joylashib, insonda bo‘g‘ilish va boshqa jiddiy muammolarni chiqaradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, bir metr kubda 25 mikrogramm shunday zarra bo‘lishi xavfsizdir. 

Mavzuga oid