Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular har doim o‘g‘irlashadi»: tadbirkor do‘koniga qora tanlilar kirishini taqiqladi
Avstraliyaning Melburn shahridagi oziq-ovqat mahsulotlari do‘koni egasi Lunji Lin o‘g‘riliklar bilan kurashish maqsadida kirish eshigiga maxsus yozuvli belgini osib qo‘ydi. Unda 14-18 yoshli qora tanli o‘smirlar va itlar kirishi taqiqlanishi bildirilgan, deb xabar bermoqda mahalliy The Australian nashri.
«E'lon: 14-18 yoshda bo‘lgan qora tanli o‘smirlar va itlarning do‘konga kirishi taqiqlanadi. Sababi qora tanli o‘smirlar har doim o‘g‘rilik qiladi», - deya yozilgan maxsus yozuvli belgida.
Tadbirkor bunday e'lonni ochishga tungi vaqtlarda sodir bo‘ladigan noxush hodisalar tufayli qaror qilgan – bunday paytda faqatgina qora tanli o‘smirlar do‘konga kirib, undan nimanidir o‘marish harakatida bo‘ladi.
Linning Herald Tun gazetasiga aytishicha, so‘nggi holat ikki oy davomidagi yigirmanchi o‘g‘rilik bo‘lgan. Natijada do‘kon egasi darg‘azab bo‘lib, irqchilik mazmunidagi e'lonni ilib qo‘ydi.

Endilikda tadbirkorning umid qilishicha, uning xatti-harakati do‘kondagi jinoyatchilikning ortishiga olib kelmasligi kerak. Do‘kon joylashgan Viktoriya shtati politsiyasi esa e'lon paydo bo‘lganidan xabardorligini hamda «politsiya bunday yozuvni joiz emas deb hisoblashi» haqida ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa do‘kondagi yozuvni irqchilikning bir ko‘rinishi, deya atashgan.
The Australian nashrining ta'kidlashicha, Viktoriya shtatida haqiqatdan ham jinoyatchilik bilan muammolar bor: so‘nggi paytlarda u yerdagi jinoyatchilik foizi o‘sgan. Avstraliya kriminologiya instituti ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha jinoyatchilarning 30 foizi 18-24 yosh atrofidagi shaxslarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026