Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venger klub rahbariyati qaroridan norozi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger klub rahbariyatining jamoa futbolchisi Aleksis Sanchesga haftasiga 300 ming funt sterling maoshli yangi shartnoma taklif qilganidan norozi bo‘ldi.
"Menga uning talablariga rozi bo‘lishimni maslahat berishadi. U holda biz klubning amaldagi maoshlar tuzilmasini saqlab qola olmaymiz va o‘zimizga katta muammolar orttirib olamiz. Asosiy futbolchilar katta ahamiyatga ega ekanini bilaman, biroq ularga ham o‘zimiz ko‘tara olmaydigan maoshni bera olmaymiz", – dedi Venger.
Ma'lumot uchun, Sanches amaldagi shartnomasiga ko‘ra "Arsenal"da haftasiga 130 ming funt maosh oladi. Klubning eng katta maosh olidang futbolchisi Mesut O‘zil bo‘lib, u haftasiga 140 ming funt topadi.
Mavzuga oid
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
11:57 / 11.12.2025
«Real» «Siti»ga yutqazdi, «Arsenal»da yana yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
10:09 / 07.12.2025