Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» Braziliya va Yevropadan murabbiy qidirmoqda
Toshkentning «Paxtakor» klubini ikkinchi davradan boshlab xorijlik murabbiy boshqarib borishi mumkin. Bu haqda Shampionat.asia xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning bugungi murabbiylar shtabiga «Sho‘rtan» va «Lokomotiv» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maksimal, 6 ochko olish vazifa etib qo‘yilgandi, biroq toshkentliklar G‘uzorda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
«Paxtakor» jamoasining yangi rahbariyati, keyingi ish faoliyatini Yevropa klublariga o‘xshatib olib borishni maqsad qilayapti. Endilikda qarorlarni bir kishi emas, direktorlar kengashi qabul qiladi. Bunday uslub allaqachon Yevropada muvaffaqiyatli tarzda qo‘llanilib kelinayapti», deyiladi xabarda.
Shu kunga qadar qarorlarni qabul qilib kelgan bir kishi kim ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Ayni paytda jamoa Yevropaning bir qator davlatlaridan, shuningdek Braziliyadan o‘ziga mos bo‘lgan murabbiy qidirishni boshlab yubordi.
Bundan tashqari ikkinchi davrada jamoa safini sifatli legionerlar bilan kuchaytirilishi rejalashtirilayapti. Buning uchun «Paxtakor» birinchi davrada maksimal ochkolarni o‘z g‘aznasiga jamlab olishi va ikkinchi davrada OChL yo‘llanmasini uchun kurash olib borishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoani rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov sotib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq «Paxtakor» rasmiy tvitteri orqali bu xabarni inkor qilib chiqqan.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
09:00 / 21.03.2026