O‘zbekiston | 09:54 / 18.04.2017
20639
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu tashrifga tayyorgarlik tegishli davlat idoralari tomonidan boshlangan, deb xabar bermoqda 24.kg nashri Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga tayanib.

Tashqi siyosat idorasi ma'lumotiga ko‘ra, tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, chegara masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar muzokaralari davom etmoqda. Tashrif aniq qachon amalga oshirilishi hozircha noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga 2016 yilning 24 dekabr kuni tashrif buyurgandi. U Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Atamboyevning O‘zbekistonga rejalashtirayotgan tashrifi davomida chegara masalasida kelishuv imzolanishi mumkin.

Mavzuga oid