Donishmandlar tavsiya qilgan yetti sir
1. Donishmandlarning aytishlaricha, sir saqlanishi lozim bo‘lgan birinchi narsa – uzoqni ko‘zlangan rejalar. Bu rejalar amalga oshmaguncha ularni hech kimga aytmang. Bizning har bir g‘oyamiz o‘zimizga qarshi ham ishlatilishi mumkin.
2. Donishmandlar sir saqlashni tavsiya etgan ikkinchi narsa qilgan xayr-saxovatimiz haqida gapirmaslikdir. Saxovat noyob narsa bo‘lib, uni ko‘z qorachig‘idek asrash darkor. Qilgan yaxshi amalingiz bilan maqtanmang. Kibr xayrli amalingiz ortidan kelgan yaxshilikni tortib oladi.
3. Donishmandlar birovlarga oshkor qilmaslikni tavsiya etgan uchinchi narsa bu o‘z didingiz haqida gapirishdir. Duch kelgan kishiga qanday ovqatlarni yoqtirishingizu nimalarni yemasligingiz, qancha uxlashingiz haqida gapiravermang.
4. Aytmaslik kerak bo‘lgan to‘rtinchi narsa bu mardlik, jasoratdir. Kimdir tashqi tomondan sinovlarga duchor bo‘ladi, kimdir esa ichki tomondan. Tashqi sinovlarni hamma ko‘radi va bu sinovlarni yenggan insonlar mukofot olishadi, lekin ichki sinovlarni hech kim ko‘rmaydi va bu sinovlarga dosh berganlarni mukofotlamaydi.
5. O‘zgalarga aytmaslik lozim bo‘lgan beshinchi narsa diniy bilimdir. Diniy bilim turli darajada bo‘lib, bu borada mukammallikka erishgan insongina bu bilimini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin. Endigina diniy bilimlarni egallay boshlaganlarning asosiy xatosi shundaki, ular darhol bu bilimlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashgisi keladi va bu boshqalarga yaxshilik keltirish o‘rniga ularni adashtiradi va hattoki cho‘chitishi ham mumkin.
6. Boshqalar bilan o‘rtoqlashish lozim bo‘lmagan oltinchi narsa oilaviy nizolar va umuman, shaxsiy hayotdir. Yodda tuting: oilangizdagi muammolar haqida qanchalik kam gapirsangiz, oilangiz shunchalik mustahkam bo‘ladi.
7. Boshqalarga aytilmaydigan yettinchi narsa esa kimlardandir eshitilgan g‘iybat va ig‘volardir. Ko‘chada yurganingizda poyabzalingiz iflos bo‘lishi mumkin. Uyga kelib yoki birovning oldiga borib kimdandir eshitgan yomon so‘zlarni boshqa odamga aytish xuddi uyga kelib, iflos poyabzalini yechmagan odam kabidir.
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024