Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQShda o‘tgan 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati uchun AQShning sobiq prezidenti Barak Obamadan kechirim so‘ragan. Bu haqda "Ro‘yobga chiqmagan: Hillari Klintonning kampaniyasi ichida" deb nomlangan kitobdan parcha chop etgan The Washington Post nashri ma'lum qildi.
Nashrning yozishicha, saylov natijasi aniq bo‘lgan kecha Obama Klintonga mag‘lubiyatni tan olish taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Klinton bunga rozi bo‘lgan va saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni telefon orqali tabriklagan.
Bir necha daqiqa o‘tib Klinton Obamaga qo‘ng‘iroq qilib, saylovdagi mag‘lubiyati uchun kechirim so‘ragan.
"Janob prezident, kechiring", deb aytgan Klinton.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
20:02 / 17.02.2026
«G‘arbga xiyonat qildi». Hillari Klinton Trampning siyosatini keskin tanqid qildi
18:38 / 17.02.2026