Jamiyat | 10:20 / 18.04.2017
9638
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadan kelgan samolyot London aeropotiga bitta g‘ildiragi yo‘q holda qo‘ndi

Air Canada aviakompaniyasining Monrealdan Londonga parvozni amalga oshirayotgan Airbus A330-343 samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi. Aniqrog‘i, samolyot qo‘nishidan avval uning bir g‘ildiragi tushib qolgani ma'lum bo‘lgan, deb yozmoqda The Sun nashri.

Xabar qilinishicha, uchuvchi nosozlikka qaramay, samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndira olgan. Bunda yo‘lovchilar hech narsani sezishmagan. 

Keyinroq, tushib qolgan g‘ildirakni Monreal aeroportidan bir necha kilometr uzoqlikda topishgan. Texnik mutaxassislarga ko‘ra, voqeaga podshipniklarning maydalanib ketgani sabab bo‘lgan. 

 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid