Jamiyat | 14:18 / 18.04.2017
5387
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda ro‘y bergan yong‘inda 5 nafar fuqaro hayoti saqlanib qolindi

Shu yilning 9 mart kuni soat 19:00lar atrofida Nukus shahri 23 kichik tuman 1/38 ko‘p qavatli turar joyning 5-qavatida televizor uskunasida qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan va yong‘in payti yuqori qavatda yashovchi fuqarolarning uylari tutun bilan qoplangan. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Natijada, shu qavatda yashaydigan 1985 yil tug‘ilgan Go‘zal Sultanmuratova, 1986 yil tug‘ilgan Bag‘ila Japanova va uning kizlari 2012 yilda tug‘ilgan Aydana Japanova hamda 2015 yil tug‘ilgan Guldana Japanova, shuningdek 1960 yil tug‘ilgan Raushan Kartbayevalar olov va tutun ichida kolib ketgan. Chaqiriq bo‘yicha QR IIV YoXB Nukus shahar 1-HYoXQ xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi. Xodimlar tezlik bilan harakat qilib, xavf ostida qolgan barcha 5 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi. 

Bekorga yong‘in xavfsizligi—hayot xavfsizligi deb aytilmagan. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va kelajakda sodir bo‘lmasligi uchun fuqarolarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi asosiy ahamiyatga ega masala hisoblanadi.

Mavzuga oid