Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kamoliddin Shamsuddinovni O‘zbekistonga ekstraditsiya qiladi
Rossiya bosh prokuraturasi bankdan pul o‘marib, tergovdan yashirinib yurgan Kamoliddin Shamsuddinovning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida 18 aprel kuni "Interfaks" agentligi xabar berdi.
"K.Shamsuddinov bank muassasasi boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib, bank mulkini o‘margan hamda o‘z lavozimini suiste'mol qilgan", - deyiladi nazorat organi matbuot xizmatida.
Ko‘rilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmagan.
Kamoliddin Shamsuddinov O‘zbekiston Jinoiy kodeksi 167-moddasining 2- va 3-qismlari (o‘zlashtirish yoki sarflash orqali o‘g‘irlik qilish), 209-moddaning 1- va 2-qismlari (hujjatlarni soxtalashtirish), 205-moddaning 1- va 2- qismlari (lavozimi va vakolatini suiste'mol qilish) bo‘yicha ayblanmoqda.
Prokuratura matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi uning vataniga ekstraditsiya qilinishiga doir qaroriga qarshi appelyatsiya xatini topshirgan. Biroq Qrim Oliy sudi uning murojaatini qondirmagan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026