O‘zbekiston | 21:49 / 18.04.2017
11130
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharsozlikdagi eskirgan normativlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma berildi

O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi «tubdan qayta tashkil etiladi». Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 2017 yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisida aytib o‘tilgan.

Majlisda Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi Botir Zokirovga shaharsozlikdagi eskirgan normativlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni va kapital qurilishdagi nomutanosibliklarni bartaraf etishni nazarda tutgan holda qo‘mitaning butun tizimini tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar turkumi paketini ishlab chiqishni tugallashni tezlashtirish va tasdiqlash uchun kiritish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«O‘zbekiston Prezidentining 12 aprelda Chilonzor tumaniga tashrifi davomida aniqlangan me'moriy qiyofani, yo‘l-transport tizimini va uy-joy-kommunal infratuzilmani yaxshilash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi», — deyilgan O‘zA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Zokirov va uning birinchi o‘rinbosari To‘xtayev  ham hayfsan olgandi.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qattiq tanqidga uchradi

Mavzuga oid