Jamiyat | 18:06 / 18.04.2017
34576
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari tut daraxti ko‘chatlarini ekishning yangi usulini ixtiro qilishdi

Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig‘i hisoblansa, uning mevalari shirin va to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan inson salomatligi uchun nihoyatda bebahodir. Tut daraxti juda qadimiy ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, tarixiy manbalarga ko‘ra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalgan. Asrlar davomida xalq seleksiyasi tamonidan Shotut, Balxi tut, Marvarid tut va boshqa ko‘plab tut navlari yaratilib, hozirgi paytda ham o‘stirilmoqda. 

O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti olimlari tut daraxti ko‘chatlarini ekishning yangi usulini ixtiro qildilar. Mazkur usul qishloq xo‘jaligi, xususan pillachilik, chunonchi tut daraxti ko‘chatlarini ekishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Olimlar oldidagi asosiy maqsad tut daraxti barglari ozuqa uchun kesilganidan keyin ularning to‘yimliligi va ozuqaviy sifatlarini oshirish yo‘li bilan pilla hosildorligini oshirishdan iboratdir

Institut agronomlari 80 gramm urug‘ qadadilar. 6 kundan so‘ng pillalar jonlana boshlanadi. Bundan bilish mumkinki, pilalarni ozuqlantirish uchun tut daraxti barglari zarur. Erta xosil beruvchi va pillalar uchun foydali xisoblangan tut barglari ozuq uchun shay.

Institutda bugungi kunda Jarariq 4 navli tut daraxti yetishtirilmoqda. Bu daraxt yilda 3 marotaba hosil beradi. Tadqiqotchilar yangi navli tut daraxtini parvarish qilmoqdalar. Ma'lumotlariga ko‘ra u yilda 4-5 marotaba hosil berishi mumkin.

Ma'lumot o‘rnida aytish kerak, 2016 yilda Farg‘ona viloyatida 2630 tonna  pilla hosil olingan. Bu yilgi natijalar ham o‘tgan yilgidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Sababi, bu yil ko‘proq xosil olinuvchi tut daraxtlari yetishtirilmoqda. Qolaversa xorijlik mutaxassislarni bilan hamkorlik o‘z o‘rnida natija bermoqda.    

Ozuqa bazasining mustahkamlanishi va kengayishi, pilla yetishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar ko‘p hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut ko‘chatlarining olib kelinishi pilla yetishtirish hajmlarini oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid