Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerlarni tut ko‘chatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin bo‘ladi
Endi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, bog‘ va uzumzorlar oralig‘idagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni 10 yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat etiladi.
Prezident "O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Endi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, bog‘ va uzumzorlar oralig‘idagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni 10 yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat etiladi. Bu yerlarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar maqbul ekinlarni ekishi yoki tut ko‘chatlarini o‘tqazishi mumkin.
Shuningdek, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, agrosanoat klasterlari va boshqa yuridik shaxslarga 10 gektargacha yer maydoni ajratish ruxsat etilgan.
Bundan tashqari, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlarining vakolatlari belgilanmoqda.
Endi mazkur organga MJtKning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 75-, 76-moddalari (sun’iy suv obektlari va qishloq xo‘jaligi maqsadidagi suv resurslaridan foydalanish qismida) bilan nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ishlarni ko‘rib chiqish va inspeksiya nomidan jazo choralarini qo‘llashga inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, inspeksiya hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning bo‘lim boshliqlari haqlidir.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026
Toshkentda ijara bozori uy-joy sotuvidan tezroq o‘smoqda
18:42 / 03.05.2026