Jahon | 09:02 / 19.04.2017
3840
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro AQShni Venesueladagi vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi

Venesula prezidenti Nikolas Maduro AQShni mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi. Davlat rahbari TeleSUR telekanali orqali efirga uzatilgan murojaatida shu haqda bayonot berdi.

"Shubhasiz, biz Venesueladagi tinchlik, demokratiya va konstitutsiyaga qarshi so‘nggi yillardagi eng jinoiy va shafqatsiz bosimga duch kelmoqdamiz. O‘tgan kunlar, haftalar davomida biz AQSh davlat departamenti va boshqa hukumat idoralari boshchiligidagi xalqaro kuchlarning til biriktirishiga qarshi turdik. Ular bizning mamlakatimizni yangi qullikka solish va imperialistik bosqinchiligini amalga oshirish uchun Venesuelaning inqilobiy hukumati, hokimiyat institutlariga hujum qildi", - degan Maduro.

Venesuela yetakchisi Milliy assambleya (parlament) raisi Xulio Borxesni ushbu fitnaga aloqadorlikda aybladi. Maduro, shuningdek, hukumat 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan norozilik namoyishlarida hujum qilib, tartibsizliklarga turtki berishi lozim bo‘lgan harbiy fitnachilarni qo‘lga olganini ma'lum qildi. 

Aprel oyida Venesueladagi vaziyat ancha taranglashdi. Bunga Oliy sud qarori sabab bo‘ldi. U prezident Nikolas Maduroga parlament ruxsatisiz siyosat yuritish vakolatlarini taqdim etdi. O‘zini Milliy assambleya vakolatlarini vaqtincha ado etadigan organ sifatida e'lon qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid