Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Motors’ning Venesueladagi zavodi qo‘lga olindi
AQShning General Motors kompaniyasi Venesuela shimolidagi Valensiya sanoat hududida joylashgan zavodi Venesuela hukumati tomondan noqonuniy qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, konsern o‘z huquqlarini himoya qilish uchun barcha zarur bo‘lgan qonuniy haarkatlarni amalga oshiradi.
Kontsern kutilmaganda Venesuela hukumati nazoratiga olingan. GM’da bunday sharoitlarda korxona normal ishlay olmasligi ta'kidlab o‘tildi. Bundan tashqari, avtokonsernning ishlab chiqarish maydonchalaridagi barcha aktivlar, jumladan avtomobillar tortib olingan.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, zavodning noqonuniy qo‘lga olinishi kompaniyaning o‘ziga, unda ishlovchi 2678 xodimga, 79 dilerga va barcha yetkazib beruvchilarga katta zarar yetkazadi.
Axborot agentligi Venesuela hukumatidan ushbu masala bo‘yicha izoh olishga muvaffaq bo‘lmagan.
Mavzuga oid
08:55
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026