Google oddiy fuqaro uyini pitssaxona deb tanishtirdi
Avstraliyadagi Darvin shaharchasilik Maykl MkElvi o‘zining uyi Google xaritalarida pitssaxona sifatida belgilab qo‘yilganidan shikoyat qildi. Bu haqda MkElvi ABC radiosining mahalliy bo‘limiga aytib o‘tgan.
Erkak so‘zlariga ko‘ra, uning uyiga nafaqat taomlanish, balki ishga joylashishni istagan odamlar ham doimiy ravishda kelishgan. Hatto bir marta bepul jurnallar tarqatuvchisi ham eshik qoqib kelgani aytildi.
“Sendan xuddi shaxsiyatingni o‘g‘irlashgandek. Seni uyingni o‘g‘irlashdi, hamda pitssaxonaga aylantirib qo‘yishdi”, - deydi Maykl MkElvi.
Shu bilan birga, MkElvining uyi yonidagi ko‘chada haqiqatdan ham «Cucina Sotto Le Stelle» («Yulduzlar ostidagi oshxona») pitstseriyasi bor bo‘lib, u yiliga atigi bir necha oy ishlaydi.
MkElvining shikoyatlari mahalliy OAVda paydo bo‘lgach, Google vakillari xatoni payqashdi va bir necha soatdan so‘ng pitstseriya belgisi kerakli joyga o‘tkazilib qo‘yildi.
Manzillar bilan yuz beruvchi xatolar alohida joylarni ba'zida juda mashhur qilib yuboradi. 2017 yilning fevralida fransiyalik ayol o‘zining tez ovqatlanish shoxobchasini xato tufayli «Mishlen» reytingiga kiritib qo‘yishganini ma'lum qilgandi. Shundan so‘ng shoxobchaga ko‘proq kishilar kela boshladi.
Mavzuga oid
12:10 / 22.12.2024
“Qotil” chatbot, kasallikni oldindan aniqlaydigan aqlli uzuk va super kompyuter – texnodayjest
17:12 / 20.12.2024
Google qidiruvida «Kalmar o‘yini»ni o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi
16:42 / 16.12.2024
Google yil davomida eng ko‘p qidirilgan mavzularni e’lon qildi
23:20 / 10.12.2024