Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ma'lumotlarni uzatish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi
MTS va Ericsson kompaniyalari beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyalarini (5G) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Test davomida Rossiyada ma'lumotlar uzatishning rekord tezligiga (soniyasiga 25 Gb) erishildi. Bu haqida MTS matbuot xizmati xabar berdi.
"MTS va Ericsson Moskvaning "Otkrytiye Arena" stadionida ma'lumot uzatishda 25 Gbit/soniyagacha bo‘lgan tezlikni qayd etishdi. Taqqoslash uchun, ma'lumotlarni uzatishning bunday tezligi HD-sifatdagi bir soatlik filmni 3 soniyadan kamroq vaqtda yuklab olish imkonini beradi", - deyiladi xabarda.
"O‘tkazilgan testlar Rossiyada mobil qurilmaga ma'lumot uzatish bo‘yicha mutloq rekord natijani ko‘rsatdi, aniq misollarda esa biz 5G texnologiyasidan kundalik foydalanish imkoni yaqin ekaniga guvoh bo‘ldik", - deydi MTSning Moskvadagi direktori Igor Yegorov.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026