Jahon | 19:33 / 21.04.2017
9923
2 daqiqa o‘qiladi

Asad jangarilar bilan muzokaralar shartlarini aytdi

Foto: RIA "Novosti"

Damashq hududda ta'sir ko‘rsatishi va Suriyadagi qotilliklarni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan barcha bilan muloqot qilishga tayyor. Shu jihatdan Ostonadagi muzokaralar juda samarali bo‘lishi mumkin, u yerda jangarilar vakillari ham ishtirok etmoqda, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti’ga bergan intervyusida.

"Agarda men hududga, Suriyadagi vaziyatga hech qanday ta'sir kuchiga ega bo‘lmagan kim bilandir muzokaralar stoliga o‘tiradigan bo‘lsam, nima bo‘yicha kelishuvga kelishimiz mumkin? Bu shunchaki vaqtni yo‘qotish. Shuning uchun, aslida, biz bu jihatdan juda pragmatikmiz, biz: vaziyatni ikki usul bilan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan istalganlar bilan muzokaralar stoliga kelinglar, deymiz. Birinchisi – qotilliklarni to‘xtatish, bu hukumat uchun emas, balki istalgan suriyalik uchun ham juda zarur", - dedi Asad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik va barqarorlik – Suriya kelajagi bo‘yicha suhbatni davom ettirish garovi.

"Siz istalgan narsa haqida gapirishingiz mumkin. Siz konstitutsiya, Suriya kelajagi, o‘zingiz istagan siyosiy tizim, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan istalgan narsa haqida gapirishingiz mumkin. Bu hozirgi paytda qiyin emas, biroq barqarorliksiz muzokaralarda nimagadir erisha olmaysiz. Shuning uchun men aytdim, biz jangarilar bilan (Ostonada) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga o‘tdik, bu hozircha eng samarali usul", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi SAR prezidenti.

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi 23-24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda Damashq va qurollangan muxolifat delegatsiyalari ilk bora bitta muzokaralar stoliga o‘tirishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid