Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qilindi
21 aprelda noma'lum o‘smir Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qildi va bir xodimni otib o‘ldirdi. Bosqinchi otib tashlangan. Bundan tashqari, boshqarmaga kelgan yana bir odam halok bo‘lgan.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda SITE Intel Group tashkiloti tvitterda ma'lum qildi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchi hujumni amalga oshirishda avvalroq mahalliy tirdan o‘g‘irlangan quroldan foydalangan. Keyinroq yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan, uning kvartirasida o‘qlari bor jangovar avtomat topilgan.
Ma'lum qilinishicha, hujumni 18 yoshli mahalliy o‘smir sodir etgan. Voqea soat 05:00da yuz bergan. O‘smir bundan avval tirdagi instruktorni o‘ldirib, u yerdan qurol o‘g‘irlagan.
Biroq Rossiya tergov qo‘mitasi hujumni sodir etgan o‘smirning IShID bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligiga asoslar yo‘q, deb hisoblamoqda.
"Hozirda olingan ma'lumotlar tergovga jinoyat boshqa millatdagi odamlarga adovat bilan qaraydigan neonatsistik qarashlar tarafdori tomondan sodir etilgani haqida xulosaga kelishga ijozat beradi", deb aytildi tergov qo‘mitasi xabarida.
20 aprelda IShID Parijda politsiyachilarning o‘qqa tutilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Hujum oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lgan, ikki nafari jarohat olgan.
Mavzuga oid
00:26 / 20.08.2024
Rossiya FXX yuqori martabali generallar iste’fosiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi
18:57 / 17.08.2024
Rossiya FXXning ikki polkovnigi katolik cherkovlaridan pora olib kelgani ma’lum bo‘ldi
20:54 / 11.08.2024
AQSh Iroqdan koalitsiya kuchlarini olib chiqadi – OAV
10:22 / 26.07.2024