Taşrif davomida muassasalarda mahkumlar uçun ajratilgan turar-joylar, umumiy ovqatlaniş binolari hamda madaniy hordiq çiqariş uçun möljallangan xonalar közdan keçirildi.

Ozodlikdan mahrum etilgan vatandoşlar bilan suhbat çoğida ularning ahvoli, salomatligi, mavjud muammo va kamçiliklari haqida fikr almaşildi. Şuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlari tomonidan qiynaş yoki majburiy mehnatga jalb etiş holatlari mavjud yoki mavjud emasligi ham suriştirildi.

Mahbuslar muassasadagi şaroitlardan qoniqayotgani va ularni qiynayotgan jiddiy muammolar mavjud emasligini ma’lum qildi. Şu bilan birga, ular sud tomonidan belgilangan jazo muddatining qolgan qismini Özbekistondagi jazoni ijro etiş muassasalarida ötaş masalasida amaliy yordam sörab murojaat qildi.

Boş konsulxona xodimlari mazkur masala yuzasidan Rossiya va Özbekiston örtasida tegişli ikki tomonlama şartnoma imzolanmagani sababli, jazoning qolgan qismini yurtimizda ötaş imkoniyati mavjud emasligini tuşuntirdi.

Şuningdek, vatandoşlarga jazo muddatini ötayotgan vaqtda çet el davlatlari harbiy tuzilmalariga yollangan taqdirda, ular Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Suhbat yakunida mahbuslarga Boş konsulxona manzili va telefon raqamlari böyiça ma’lumotlar berilib, muammolar yuzaga kelgan taqdirda murojaat qiliş tartibi tuşuntirildi.