Light | 00:47 / 22.04.2017
23354
2 daqiqa o‘qiladi

Top-5: Rossiyaning 2017 yildagi eng badavlat ayollari

2017 yilda "Rossiyaning eng badavlat 200 ishbilarmoni" reytingiga kiritilgan ayollar ro‘yxatida yetakchilik an'anaga ko‘ra, sobiq Moskva meri Yuriy Lujkovning turmush o‘rtog‘i Yelena Baturinaga tegishli. Ayolning moliyaviy ahvoli 1,1 milliard dollarga qisqargan bo‘lsa-da, bu uning ro‘yxatda 25 punktga tushishiga (90-o‘rin) sabab bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin mana ikki yildirki, ketma-ket Dmitriy Rybolovlev (15-o‘rin) bilan uzoq kechgan ajrim jarayoni natijalariga ko‘ra, 600 million dollarga ega bo‘lgan (168-o‘rin) Yelena Rybolovlevaga tegishli. 

Uchlikni "S7" rahbari Nataliya Fileva (190 million dollar) yopadi, u birinchi marta Forbes ro‘yxatida qayd etildi. 

To‘rtinchi o‘rinni "Wildberries" internet do‘koni direktori Tatyana Bakalchuk va "Progress" rahbari Olga Belyavtseva egallashdi. 2016 yilda ular Rossiyaning eng badavlat ayollari reytingida uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalardan joy olishgandi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid