Jahon | 09:33 / 22.04.2017
4898
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi tartibsizliklar vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Venesuela bosh prokuraturasi 21 aprelga o‘tar kechasi Karakasda yuz bergan tartibsizliklar va talon-tarojliklar vaqtida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetganini ma'lum qildi. 

Avvalroq 11 kishi halok bo‘lgani, 7 kishi yaralangani ma'lum qilingan.

Talon-tarojliklar 20 aprel tunga yaqin Parrokiya-del-Vale tumanida boshlangan va butun tun davomida davom etgan. Bu voqealar muxolifatning ommaviy aksiyalaridan keyin yuz bergan. Shuningdek, namoyishlar vaqtida 2 kun ichida 4 kishi o‘ldirilgan. 4 apreldan boshlangan namoyishlarda halok bo‘lganlarning umumiy soni 20 dan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  

Venesuelada ommaviy noroziliklar oliy sudning muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy cheklashga qaratilgan qaroridan keyin boshlangan. Ushbu qaror keyinroq bekor qilingan, biroq muxolifat tarafdorlari sudning a'zolarini iste'foga chiqarishni talab qilib ko‘chalarga chiqqanlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid