Jahon | 22:20 / 23.04.2017
7710
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Asadni Suriya mustaqilligi kuni bilan tabrikladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Suriya prezidenti Bashar Asadga Suriya mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda

Guterresh o‘z maktubida Damashq BMTni mustahkamlash hamda tinchlik va inson huquqlarini himoya qilishda o‘z ulushini qo‘shishiga umid bildirgan.     

17 aprelda Suriyada mamlakat mustaqilligining 71 yilligi nishonlandi. Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosim Damashqdagi Kasiyun tog‘ida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda yodgorlik majmuasi bor. So‘ngra butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar va bayram konsertlari bo‘lib o‘tgan.

Kasiyun tog‘ida bir nechta g‘orlar bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, ulardan birida Odam alayhissalom yashaganlar. Tog‘dan butun Damashq ko‘rinib turishi sabab, u strategik ahamiyat ham kasb etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid