Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Avstraliyaga yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi
Shimoliy Koreya Avstraliya hukumati AQShning Pxenyanga qarshi siyosatini qo‘llashda davom etsa, bu mamlakatga yadroviy zarba berishi bilan tahdid qilgan. Bu haqda shimolliklar tashqi ishlar vazirligiga asoslangan holda ABC telekanali xabar qildi.
Shimolliklarning bunday bayonoti Avstraliya TIV rahbari Juli Bishopning Shimoliy Koreya yadro dasturi Avstraliya uchun «jiddiy tahdid» ekani haqida aytib o‘tgan intervyusidan keyin paydo bo‘ldi. Bishop ham KXDR Avstraliyaga zarba berishi mumkinligini istisno etmagandi.
«Avstraliyaning hozirgi hukumati ko‘r-ko‘rona AQShga ergashadi. Agar Avstraliya AQShning Shimoliy Koreyani izolyatsiya qilish bo‘yicha siyosatiga qo‘shilsa, bu o‘ziga suiqasd qilish bilan barobardir. Agar Avstraliya Amerika kabi KXDRni yakkalash va bosim o‘tkazishga urinsa, bu Shimoliy Koreya strategik kuchlari yadro zarbasi ta'sir hududiga tushish bilan yakunlanadi», degan shimolliklar tashqi ishlar vazirligi vakili.
Bundan avvalroq Shimoliy Koreya AQShning ogohlantiruvchi zarbasiga yadroviy hujum orqali javob qaytarish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026