Jahon | 21:59 / 23.04.2017
21209
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR «Karl Vinson»ni cho‘ktirib yubormoqchi

Shimoliy Koreyadagi davlat nashrlari AQShning Koreya yarim oroli hududiga keltirilgan «Karl Vinson» aviatashuvchisini bitta zarba bilan cho‘ktirib yuborish rejasi haqida yozmoqda.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 23 aprel kuni Shimoliy Koreya rasmiylari AQSh aviatashuvchisini cho‘ktirib, o‘z harbiy qudratini ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

«Inqilobiy kuchlarimiz AQSh yadroviy aviatashuvchisini bitta zarba yordamida cho‘ktirishga tayyor», — deyilgan Koreya mehnat partiyasining «Nodon Sinmun» gazetasida chop etilgan bayonotida.

Gazetada aviatashuvchi «qo‘pol hayvon»ga o‘xshatilgan. 

«Unga beriladigan zarba qurolli kuchlarimiz qudratining asl namoyishi bo‘ladi», deya ta'kidlangan xabarda.

Boshqa bir nashr «Minju Choson»da esa «armiya dushmanlarga mislsiz zarbalar berishi va bu zarbalarni qaytarishning imkoni yo‘qligi» yozilgan.

AQSh va Yaponiya Tinch okeani hududida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkaza boshladi

Mavzuga oid