Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egey dengizini kechib o‘tayotgan 15 migrant halok bo‘ldi
Turkiyadan Lesbos tomon harakatlanayotgan 15 migrant Egey dengiziga cho‘kib ketdi, yana bir necha kishi izsiz yo‘qoldi. Bu haqida Gretsiya hukumati xabariga asoslanib, Daily Sabah xabar berdi.
Gretsiya dengiz vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, migrantlar va qochqinlar joylashgan qayiq yakshanba kuni kechqurun Turkiyani tark etgan, lekin Gretsiya tomonga o‘tgandan so‘ng suvga cho‘kkan.
YeIning chegarani muhofaza qiluvchi Frontex agentligi va grek hukumati 8 nafar kishining jasadini topdi, ularning orasida bir bola ham bor, yana ikki ayol (ulardan biri homilador) qutqarilib, orolga yetkazildi.
Turkiya qirg‘oq muhofazasi yana 7 kishining tanasini topdi.
Qutqarilgan ayollardan biri grek hukumatiga kema bortida 25 kishi bo‘lganini aytgan. Shunga ko‘ra, yo‘qolganlar soni 10 dan ziyodligi taxmin qilinmoqda.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026