O‘zbekiston | 15:00 / 24.04.2017
4871
1 daqiqa o‘qiladi

YeIning maxsus vakili O‘zbekistonga keladi

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Peter Burian O‘zbekistonga kelmoqda.

YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Peter Burian O‘zbekistonda 26-28 aprel kunlari davomida bo‘ladi.

Ushbu tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar, ishbilarmon doiralar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Peter Burian O‘zbekistondagi YeI tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar faoliyati bilan ham tanishishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid