YeI O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish rejasiga qanday munosabatda ekani ma'lum bo‘ldi
24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Peter Burian boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Peter Burianning xabar berishicha, O‘zbekistonga tashrif doirasida delegatsiya Toshkentda bo‘lib o‘tadigan hamda atrof muhit, iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” xalqaro konferensiyasi ishida ishtirok etadi
YeI prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatini ma'qullaydi va O‘zbekistonning mintaqaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor, bunda barcha ko‘mak vositalari - texnik yordam, grantlar va boshqalardan foydalaniladi, dedi P.Burian.
Peter Burianning bildirishicha, YeIda davlatlar, biznes va umuman jamiyatlar tomonidan O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan. Bu qiziqish O‘zbekistondagi qat'iy islohotlar bilan bog‘liq bo‘lib, u butun dunyoga juda qisqa vaqt ichida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Mazkur rivojlanish yo‘nalishi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi iqtisodiy yetakchiga aylantirishga mo‘ljallangan.
Yevropa tashqi aloqalar bo‘yicha xizmatining Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari Filip van Amersfoort xabar berishicha, YeI 2019 yil birinchi yarmi oxirigacha qabul qilinishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo bilan hamkorlik bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqishni yakunlamoqda. Strategiya O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi yetakchi rolini aks ettiradi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatning GSP+ga qo‘shilishi masalasi ham muhokama etildi. GSP+ – bu rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish va ularning eksport salohiyatini oshirish maqsadida ushbu mamlakatlardan keltirilayotgan tovarlarga rivojlangan mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladigan preferensiyalar, imtiyozli bojxona tariflari umumiy tizimidir.
Bundan tashqari, YeI delegatsiyasi Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va har tomonlama siyosiy qo‘llab-quvvatlov hamda texnik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sodiq Safoyev va Peter Burian O‘zbekistonning GSP+ga qo‘shilishi masalasini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024