Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni Axios naşri ukrain amaldori va suhbat mazmunidan xabardor bölgan yana ikki manbaga tayanib yozdi. Axios’ga köra, barça uç manba prezidentlar suhbatini «juda döstona va ijobiy» deb baholagan.

Naşr suhbatdoşlaridan birining aytişiça, suhbat davomida Zelenskiy Ukrainadagi uruş 2026 yilda tugaşiga umid bildirgan. Bunga javoban Tramp uruş juda uzoq davom etayotganini aytgan va uni bir oy içida tugatişni xohlaşini bildirgan.

Manbalar ma’lumotiga köra, telefon suhbati çoğida Zelenskiy Trampga Ukrainaga körsatayotgan barça yordami uçun minnatdorlik bildirgan va faqat AQŞ prezidenti Putinni uruşni töxtatişga majbur qila olişini aytgan. Tramp esa öz navbatida Rossiya bilan ehtimoliy tinçlik kelişuvi doirasida Ukrainaga AQŞ tomonidan sezilarli xavfsizlik kafolatlari berişga tayyorligini tasdiqlagan.

Avval xabar qilinganidek, 25 fevral kuni Zelenskiy bilan Tramp örtasidagi telefon suhbatida AQŞ, Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokara jarayoni ham muhokama qilingan. «Jyenevada vakillarimiz ikki tomonlama uçraşuvda işlaydigan masalalar haqida, şuningdek muzokara guruhlarining keyingi uçraşuviga tayyorgarlik haqida — uç tomonlama formatda töliq tarkibdagi navbatdagi uçraşuv mart oyining eng boşida bölişi haqida gaplaşdik», — deb yozgan Ukraina prezidenti şu kuni keçqurun özining Telegram kanalida.

Zelenskiy aytişiça, u Ukraina va RF örtasidagi navbatdagi uçraşuv «liderlar darajasidagi muzokaralarga ötiş imkonini berişi»ga umid qilmoqda va Tramp ham qadamlarning bunday ketma-ketligini qöllab-quvvatlaydi.

Uşbu 30 daqiqalik suhbat AQŞ va Ukraina prezidentlarining yanvar oxirida Davosda bölib ötgan uçraşuvidan keyingi birinçi muloqoti böldi.

Jyenevada 26 fevral, payşanba kuni AQŞ va Ukraina delegatsiyalarining yangi muzokaralar raundi boşlandi. Ukraina delegatsiyasiga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov, AQŞ delegatsiyasiga esa prezident maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner rahbarlik qilmoqda.

Vaşington Ukrainadagi uruşni iyun oyigaça yakunlamoqçi, deb 7 fevral kuni Ukraina prezidenti OAV bilan muloqotda aytgan. «Amerikaliklar tomonlarga uruşni şu yoz boşigaça tugatişni taklif qilmoqda va ehtimol aynan şunday jadval böyiça tomonlarga bosim ötkazadi. Nega aynan şu yozgaça? Tuşunamizki, Amerikadagi içki masalalar ham ta’sir qiladi va ular uçun yanada dolzarb bölib boradi, — deya Zelenskiyning sözlarini keltirgan “Ukrinform” agentligi. — Ularda ehtimol boşqa ustuvor yönaliş paydo böladi — Kongress. Va biz tuşunamizki, ular barça vaqtini içki jarayonlarga ajratadi».