Jahon | 15:17 / 24.04.2017
6678
2 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya Suriyaga qo‘shinlar yuboradimi? Rasmiy bayonot berildi

Iordaniya axborot vaziri Muhammad al Mo‘mani Suriya prezidenti Bashar Asadning Iordaniya Suriya janubiga AQSh bilan kelishgan holda qo‘shinlar yubormoqchi ekani haqidagi so‘zlarini rad etdi. Bu haqda Iordaniyaning “Petra” agentligi xabar berdi.

Mo‘manining so‘zlariga ko‘ra, Asadning bayonoti “haqiqatdan yiroq”.

"Suriya prezidenti Iordaniyaning pozitsiyasi haqida gapirayotgani qayg‘uli, biroq, shu bilan birga, u o‘z mamlakatining katta qismini nazorat qila olmayapti", - deya qayd etib o‘tgan vazir.

Uning ma'lum qilishicha, Iordaniyaning Suriya mojarosi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi: uning davlati Suriya hududiy yaxlitligi, mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash tarafdori.

Avvalroq Asad RIA Novosti’ga bergan intervyusida, Damashq Iordaniyaning AQSh bilan kelishilgan holda Suriya janubiga qo‘shinlar yuborish rejasi borligi haqida ma'lumotga ega ekani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid