Sport | 11:04 / 25.04.2017
5390
1 daqiqa o‘qiladi

APLning yoshlar ligasi. «Everton» chempion, «Arsenal» yoshlari to‘rtinchi o‘rinda

«Everton»ning yoshlar jamoasi APLda chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritdi.

«Manchester Siti» birinchilikning 21-turida «Liverpul»ga safar qilib 2:3 hisobida yutqazdi va «irislar» jamoasini quvib o‘tish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Birinchilik yakuniga bir tur qolganida «Everton» 48 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda «Manchester Siti» (42) va «Liverpul» (40) joylashgan.

To‘rtinchi o‘rinni «Arsenal» (32), beshinchi o‘rinni «Chelsi» (30) egallab turibdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid