Jahon | 11:41 / 25.04.2017
4839
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Keniyada yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Assoshieyted Press xabar tarqatdi.

Frans Press agentligi xabariga ko‘ra hodisa 25 aprelga o‘tar kechasi ro‘y bergan.

Assoshieyted Press ma'lumotiga ko‘ra, avtoulovlar Nayrobi va Mombasu shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda to‘qnashgan.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, avtobus Mombasuga yo‘l olgan, yuk mashinasi esa qarshi tomondan harakatlanayotgandi.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Keniyada yo‘l-transport hodisalari oqibatida har yili o‘rtacha 3 ming kishi halok bo‘ladi. Hodisalarga aksar hollarda tig‘iz yo‘llarda haydovchilar amalga oshiradigan manevrlar sabab bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid